IT-park bugungi kunda

2019-yil 24-iyulda Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasidagi birinchi IT Park ochildi. Ushbu qisqa vaqt ichida IT Park 28 yangi startaplar koʻrinishidagi birinchi mevalarini berdi, axborot texnologiyalari sohasida oʻnlab loyihalarni yaratdi, shuningdek, yoshlarni ragʻbatlantirish, ushbu sohaga qiziqishi va aholida kompyuter savodxonligini rivojlantirish uchun treninglar, “vorkshop” va “mitap”lar yaratdi.

IT Park – bu IT-kompaniyalar uchun istiqbolli boshlangʻich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlar, bino va inshootlar majmuasi. IT sohasida faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va taʼlim orqali oʻz gʻoyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan joy.

IT-park yaratilish tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdan 2 oktabrgacha bo‘lgan Hindiston Respublikasiga birinchi tashrifi chog‘ida o‘zbek va hind tomonlari IT-sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Oʻzbekiston tomoni Hindistonning axborot va texnologiya kompaniyalari bilan birgalikda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, startaplarni jadallashtirish boʻyicha ilgʻor tajribalari asosida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari parkini yaratishga qiziqish bildirdi. Shunday qilib, taʼkidlash mumkinki, IT-park Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan startap-ekotizim va startap-loyihalarni takomillashtirish va ularni mamlakatimizda amalga oshirish uchun yaratilgan.

2019-yil 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IT Parkda boʻlib, yangi bosqich qurilishi uchun ilk ramziy toshni qoʻydi. “Iqtisodiyotimizning barqarorligi, barcha sohalarning sifatli va samarali ishlashi, aholi hayotining qulayligi axborot texnologiyalariga bogʻliq. Shuning uchun ushbu soha uchun yanada keng imkoniyatlarni, zarur infratuzilmani yaratish, mutaxassislarni ragʻbatlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Normativ-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi
“Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5099-son Farmoni

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 17-son qarori

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 589-son qarori

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktabrdagi
“Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 672-son qarori

Batafsil

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki” MChJ Direksiyasi haqida hujjatlar

Batafsil

IT Parkning bir qismiga aylanishni istaysizmi?

HR sahifasi