AI Leaders dasturi: rahbarlar uchun AI-strategiyalar ishlab chiqish bo‘yicha dastur boshlanmoqda

6-apreldan 31-maygacha rahbarlar va qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun mo‘ljallangan AI Leaders onlayn dasturi bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar o‘z tashkiloti uchun amaliy AI-strategiya ishlab chiqadilar va o‘qish yakunida Stanford Human-Centered Artificial Intelligence (Stanford HAI) tomonidan beriladigan rasmiy sertifikatni qo‘lga kiritadilar. Dastur Stanford HAI, OpenAI Academy va Silkroad Innovation Hub hamkorligida amalga oshiriladi.

AI Leaders dasturi sun’iy intellekt davrida boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, rahbarlarning 87 foizi AI’dan xodimlarga nisbatan ko‘proq foydalanmoqda. Shu bilan birga, AI joriy etilishining yillik iqtisodiy samarasi 4,4 trillion dollar deb baholanmoqda, biroq kompaniyalarning atigi 7 foizi AI loyihalarini pilot bosqichdan tashqariga muvaffaqiyatli kengaytira olgan. Bu esa texnologiyalarni joriy etish alohida tajribalar emas, balki strategik boshqaruv yondashuvini talab qilishini ko‘rsatadi.

Dasturining akademik asosi — Stanford University Human-Centered Artificial Intelligence markazi bo‘lib, u AI sohasidagi yetakchi jahon tadqiqot markazlaridan biridir. Markaz 300 dan ortiq tadqiqotchini birlashtiradi va texnologiyalardan mas’uliyatli hamda xavfsiz foydalanish standartlarini shakllantiradi. AI Index 2025 ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda AI sohasiga yo‘naltirilgan xususiy investitsiyalar hajmi 100 milliard dollardan oshgan. Dastur ishtirokchilari o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi Stanford HAI sertifikatiga ega bo‘ladilar.

Amaliy qism OpenAI’ning ta’lim tashabbusi bo‘lgan OpenAI Academy bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu tashabbus tashkilotlarda generativ AI’dan mas’uliyatli foydalanish va AI savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan. Dasturga AI Readiness kursi (AI imkoniyatlari va cheklovlari hamda uni joriy etish shartlari haqida) va GPT Proficiency kursi (GPT’dan boshqaruv va operatsion vazifalarda foydalanish bo‘yicha) kiritilgan. Ta’lim jarayoni biznes va boshqaruvdagi real AI qo‘llanilish ssenariylari asosida quriladi.

Dastur hamkori — 2023-yilda tashkil etilgan va Markaziy Yevrosiyo mintaqasidan startaplar, korporatsiyalar hamda liderlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Silicon Valley’dagi xalqaro innovatsion markaz Silkroad Innovation Hub hisoblanadi. Hub ekotizimida 1500 dan ortiq ishtirokchi mavjud, 350 dan ziyod tadbir o‘tkazilgan, 100 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilingan, portfel startaplarining umumiy bahosi esa 3 milliard dollarni tashkil etadi. Hub ishtirokchilarga xalqaro ekspertlik va biznes hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.

Dastur 8 ta onlayn sessiya (keyslar tahlili bilan) va 4 ta amaliy modulni o‘z ichiga oladi. Haftalik o‘quv yuklamasi 2–3 soatni tashkil etadi. E’tibor markazida — liderlik, tashkiliy o‘zgarishlar, risklarni boshqarish va AI’ni biznes jarayonlari, mahsulotlar hamda strategiyaga integratsiya qilish masalalari turadi. Yakuniy loyiha sifatida ishtirokchilar o‘z tashkiloti uchun AI-strategiya ishlab chiqadilar.

O‘qish yakunlangach, ishtirokchilar AI Leaders bitiruvchilari hamjamiyatiga kirish huquqiga ega bo‘ladilar. Hamjamiyat yopiq professional tarmoqni, amaliy keyslarni birgalikda tahlil qilishni, dolzarb AI-trendlar va tartibga solish masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqni, shuningdek hamkorlik va qo‘shma tashabbuslar imkoniyatlarini nazarda tutadi.

Dastur oliy va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari, funksional yo‘nalishlar liderlari, davlat sektori vakillari, shuningdek AI’ni strategik o‘sish va raqobat ustunligi omili sifatida ko‘radigan texnologik kompaniyalar asoschilari va top-menejerlari uchun mo‘ljallangan.

Ishtirok etish narxi bir nafar qatnashchi uchun 3 000 dollarni tashkil etadi. Ushbu summaga ta’lim, o‘z AI-strategiyasini ishlab chiqish, rasmiy Stanford HAI sertifikati va bitiruvchilar hamjamiyatiga kirish kiradi.

Ariza topshirish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun rasmiy sayt: aileaders2026.com yoki elektron pochta: apply@ai500leaders.com orqali murojaat qilish mumkin.

 

2026-02-13