Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamshiralari kompyuter savodxonligi kurslarini o‘tashmoqda 

IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat-xususiy hamorlikni rivojlantirish maqsadida Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida hamshiralar uchun bepul kurslar tashkil etdi.

Bu dastur “Sog‘liqni saqlash sohasini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon doirasida amalga oshirildi va davlat poliklinikalari hamda boshqa tibbiyot muassasalari xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishni nazarda tutadi.

Joriy yilning 11-oktyabridan boshlab hamshiralar Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining IT Markazlarida o‘qitilmoqda, u yerda ular Microsoft Office asoslari va tibbiyot muassasalarining elektron tizimi bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan boshqa dasturlarni o‘rganishadi.

Ja’mi 1600 dan ortiq hamshiralar ta’lim kurslarini o‘tashmoqda, ular IT Park’dan muvaffaqiyatli bitirganliklari haqida sertifikatlar oladilar.

Kompyuter savodxonligi kurslari, axborot texnologiyalari faoliyatning barcha turlariga faol joriy etilayotgan paytda, sanoatni raqamlashtirish davrida kompyuterga ega bo‘lishning afzalliklari to‘g‘risida aholining xabardorligini sezilarli darajada oshiradi

2021-10-20