IT Park Uzbekistan Ruminiya poytaxti Buxarestda ötkazilgan GoTech World 2026 xalqaro texnologik körgazmasida iştirok etdi. Tadbir doirasida Özbekistonning IT-ekotizimi, xalqaro autsorsing salohiyati va xorijiy kompaniyalar uçun yaratilgan biznes imkoniyatlari Yevropa texnologiya bozori vakillariga taqdim etildi.
GoTech World Yevropadagi texnologik kompaniyalar, soha mutaxassislari va biznes vakillarini birlaştiradigan xalqaro maydonlardan biridir. Körgazma raqamli transformatsiya, dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar sohasidagi yeçimlarni namoyiş etiş, yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş imkonini beradi.
IT Park Uzbekistan körgazmada öz stendi bilan qatnaşib, xalqaro kompaniyalar vakillarini mamlakat IT-sohasidagi imkoniyatlar bilan taniştirdi. Şuningdek, konferensiyaning maxsus sessiyasida Ruminiya kompaniyalari uçun Özbekistonda biznesni kengaytiriş istiqbollariga bağişlangan taqdimot ötkazildi. Unda mamlakatning raqobat ustunliklari, soliq imtiyozlari, malakali kadrlar salohiyati va IT Park rezidentlari uçun mavjud qöllab-quvvatlaş mexanizmlari yoritildi.
Taşrif davomida Ruminiyaning EASYDO Digital Technologies, Infraweb MSP, 112HUB va IT Teams kompaniyalari bilan bir qator biznes uçraşuvlari ötkazildi. Ruminiya IT-xizmatlar va autsorsing sohasi rivojlanib borayotgan istiqbolli bozorlardan biri sifatida Özbekiston uçun yangi hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Muzokaralarda Özbekistonda dasturiy ta’minot işlab çiqiş va muhandislik markazlarini taşkil etiş, BPO xizmatlarini rivojlantiriş, xalqaro loyihalarga mahalliy IT-kompaniyalarni jalb qiliş hamda energetika sohasiga raqamli yeçimlarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Kompaniyalar mamlakatning kadrlar salohiyati, biznes yuritiş şaroitlari va xalqaro xizmatlar eksportini kengaytiriş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdi.
Uçraşuvlar yakunida bir qator kompaniyalar Outsource to Uzbekistan (OOT) tadbirida iştirok etiş, mahalliy hamkorlar bilan bevosita muzokaralar ötkaziş va yangi biznes imkoniyatlarini örganiş uçun Özbekistonga taşrif buyuriş imkoniyatini körib çiqmoqda.
2026-11-13