Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov Far‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tashkil etilayotgan “IT Park Farg‘ona” majmuasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Vazir Farg‘ona shahridagi “O‘zbektelekom” AKga qarashli bo‘lgan 225-aloqa uyi binosida tashkil etilayotgan “IT Park Farg‘ona” majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur obyektning umumiy maydoni 1,2 gektarni va foydalanish moydoni 5 072 metr kavdratni tashkil etadi. Bino 4 qavatdan iborat bo‘ladi.
Ushbu obyektda IT-Park rezidentlari uchun zamonaviy ishchi ofislar, startap studiyalar, coworking zonalar, shu jumladan, dasturlash, robototexnika, 3D garfika, Grafik dizayn, SMM hamda zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish markazlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Tanishuv jarayonida vazir Sh. Shermatov IT Park filialida ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, viloyatda IT eksport hajmini oshirish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, IT outsorsing xizmatlari yo‘nalishida korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘z navbatida, qurilayotgan obyektlarda ishlarni jadallashtirish va ularning sifatli qurilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
2025-07-10