AQShga tashrif doirasida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi dunyodagi eng yirikkonferensiyalardan biri — “CCW 2025”da ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekistonni IT Park Uzbekistan jamoasi: bosh direktor maslahatchisi Ahmed Aboulezz, xizmatlar eksportini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Kagirov va O‘zbekistonning AQShdagi texnoelchisi Asad Otakulov taqdim etdi.
CCW (Customer Contact Week) 2025 — mijozlar tajribasi, aloqa markazlari faoliyati va xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiyalar bo‘yicha dunyodagi eng yirik konferensiyalardan biri. Har yili o‘tkaziladigan tadbir minglab soha yetakchilari, texnologiya yetkazib beruvchilari va autsorsing bo‘yicha ekspertlarni mijozlar bilan aloqalar kelajagini muhokama qilish, ilg‘or yechimlarni namoyish etish va yangi xalqaro hamkorlikni izlash uchun to‘playdi.
Konferensiya davomida delegatsiya “Smile.Cx”, “Foundever”, “Call Center Service International”, “FiN”, “Hexaware”, “IntouchCx”, “PeakOutsourcing”, “Pentafon” kabi sohaning yetakchi vakillari bilan 80 dan ortiq strategik uchrashuvlar o‘tkazib, O‘zbekistonni aloqa markazlari, R&D ofislari va IT-kompaniyalarni joylashtirish uchun istiqbolli platforma sifatida taqdim etdilar.
Konferensiya yakunida O‘zbekiston konferensiya ishtirokchilari orasida texnologiyalar va autsorsing sohasida noyob imkoniyatlarga ega mamlakat sifatida ishonch bilan ta’riflandi. IT Park vakillari xalqaro o‘yinchilarning mamlakatga bo‘lgan barqaror qiziqishini shakllantirib, kelajakdagi hamkorlik va loyihalar uchun poydevor yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.
“CCW 2025” nafaqat netvorking uchun platforma, balki jahon miqyosiga jadal kirib borayotgan O‘zbekiston IT-sohasi uchun asosiy o‘sish nuqtasiga aylandi. Yangi aloqalar va mustahkamlangan mavqe tufayli IT Park va uning hamkorlari kelgusi rivojlanish uchun haqiqiy poydevorga ega bo‘ldilar.
AQShga tashrif yakunlari bo‘yicha IT Park Uzbekistan delegatsiyasi nafaqat professional aloqalarning keng tarmog‘ini shakllantirdi, balki O‘zbekiston IT-ekotizimining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir qator aniq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Kelgusi oylarda belgilangan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha faol ish olib boriladi.
“CCW 2025” tadbirida ishtirok etish O‘zbekistonning raqamli sektorni rivojlantirish va xalqaro investorlarni jalb qilish uchun kuchli infratuzilmani yaratishga bo‘lgan intilishini tasdiqladi. Bunday tashabbuslar tufayli mamlakat global texnologiyalar xaritasida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
2025-06-18