4–8-oktabr kunlari IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Jakarta shahriga tashrif buyurib, Indoneziyaning raqamli ekotizimi bilan tanishdi hamda Osiyo va boshqa mintaqalardagi texnologik tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Tashrif davomida ASOCIO, PSIA (Filippin), APTIKNAS (Indoneziya), PIKOM (Malayziya), JISA (Yaponiya), VINASA (Vyetnam), shuningdek, Digital Talent Accelerator (DTA), Indoneziya Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi, Indoneziya Savdo palatasi, Indoneziya Kiberxavfsizlik assotsiatsiyasi va Indoneziya Raqamli assotsiatsiyasi kabi mahalliy raqamli ekotizimning yirik vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan kompaniyalar bilan APAC, MENA va Afrika mintaqalaridagi 35 ta mamlakatda O‘zbekiston kompaniyalari uchun akseleratsiya dasturlarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillarining Digital Uzbekistan tadbiridagi ishtiroki ta’minlandi.
Uchrashuvlar yakunida barcha tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish va tayyorligini bildirdi va muzokalarni keyingi amaliy bosqichga o‘tkazishga kelishib oldi.
2026-10-09