IT Park Uzbekistan Expands Cooperation with Germany’s Technology Ecosystem

15–17-sentabr kunlari IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyurib, Berlinda Digital Uzbekistan tadbirini o‘tkazdi hamda Visbadenda bo‘lib o‘tgan sohaviy sammitlarda ishtirok etdi. Ishbilarmonlik dasturi doirasida o‘zbekistonlik startaplar o‘z texnologik yechimlarini Germaniya kompaniyalari va potensial hamkorlarga taqdim etib, Germaniya hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bozorlariga chiqish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasida Germaniya texnologik va biznes hamjamiyati vakillarini birlashtirgan Digital Uzbekistan tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga IT Park Uzbekistan faoliyati, mamlakat texnologik ekotizimining imkoniyatlari hamda O‘zbekiston IT-kompaniyalari va startaplari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etildi.

During the event, startups Moneff, Geomotive, and OX Group presented their solutions to representatives of German businesses Tadbir doirasida Moneff, Geomotive va OX Group startaplari o‘z yechimlarini Germaniya biznesi va texnologik tashkilotlari vakillariga namoyish etdi. Ishtirokchilar orasida Deloitte, Cambridge Innovation Center (CIC), Start2 Group, German Accelerator, Delivery Hero, Voltscape, Bergstone, BRAYHT va boshqa kompaniyalar bo‘lib, ular bilan IT Park Uzbekistan hamda o‘zbekistonlik startaplar bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan formatlari muhokama qilindi.

Tadbirning muhim natijalaridan biri IT Park Uzbekistan va Cambridge Innovation Center (CIC) o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bo‘ldi. CIC startaplar, investorlar, texnologik kompaniyalar va sohaning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi innovatsion ekotizimlarni rivojlantiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Memorandum tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekiston texnologik kompaniyalari uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.

16–17-sentabr kunlari biznes-missiya Visbaden shahrida davom etib, IT Park Uzbekistan hamkori tomonidan tashkil etilgan ikki tadbir — Schwarz Digits Partner Summit va STACKIT tomonidan tashkil etilgan Cloud X Summitda ishtirok etdi.

Schwarz Digits bilan muzokaralar davomida tomonlar o‘zbekistonlik startaplarni kompaniyaning raqamli platformalari, marketplace va akseleratsiya dasturlari orqali ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Moneff, Geomotive va OX Group vakillari, shuningdek, o‘z yechimlarini Schwarz Digits jamoasiga taqdim etib, ularning Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlashning mumkin bo‘lgan mexanizmlarini ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, Visbadendagi tadbirlar doirasida Capgemini, Adesso, Materna, Rewion va Protiviti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tomonlar texnologik xizmatlar, raqamli yechimlar va IT Park Uzbekistan ekotizimidagi kompaniyalar bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Germaniyaga tashrif IT Park Uzbekistan’ning O‘zbekiston texnologik kompaniyalari xalqaro aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarining davomi bo‘ldi. Biznes-missiya startaplarga o‘z yechimlarini potensial hamkorlarga bevosita taqdim etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va Yevropa bozoriga chiqishning amaliy imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.  

2026-09-18