IT Park Uzbekistan Toşkent şahridagi IT Park majmuasini rivojlantirişning navbatdagi bosqiçi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun mahalliy va xorijiy investorlarni tanlab oliş böyiça navbatdagi oçiq tanlovni e’lon qiladi.
Tanlov zamonaviy infratuzilmani yaratish, texnologik ekotizimni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori va amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tkaziladi.
Tanlovda dev elopment, qurilish, muhandislik infratuzilmasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Talabgorlar zarur moliyaviy, texnik va tashkiliy resurslarga ega bo‘lishi, investitsiya bitimlarini tuzish va bajarish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob berishi lozim.
Tanlovda ishtirok etishning majburiy shartlaridan biri tanlov doirasida taklif etilayotgan obyekt umumiy qiymatining 3 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshirish hisoblanadi.
Bankrotlik yoki tugatish jarayonida bo‘lgan, budjet oldida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq cheklovlarga tushadigan kompaniyalar tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Tanlov doirasida investorlarga turar joy, biznes va savdo-ko‘ngilochar infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi to‘rtta lot taklif etilmoqda.
| Lot | Obyektning vazifasi | Investitsiyaning minimal hajmi | Amalga oshirish muddati |
|---|---|---|---|
| 4.1–4.2 | 222 ta avtomobil uchun avtoturargohga ega turar joy binosi va biznes markazi | 899,3 mlrd so‘m | 20 oy |
| 4.3 | 244 ta avtomobil uchun avtoturargohga ega biznes markazi | 614,5 mlrd so‘m | 20 oy |
| 5.2 | 100 ta avtomobil uchun avtoturargohga ega savdo-ko‘ngilochar markaz | 260,6 mlrd so‘m | 18 oy |
| 5.3 | 100 ta avtomobil uchun avtoturargohga ega savdo-ko‘ngilochar markaz | 177,3 mlrd so‘m | 18 oy |
To‘rtta lot bo‘yicha investitsiyalarning umumiy minimal hajmi qariyb 1,95 trln so‘mni tashkil etadi.
Loyihalarning amalga oshirilishi IT Park majmuasining infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish, biznes faoliyati uchun qo‘shimcha maydonlar yaratish hamda texnologik sektorni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar shakllantirishga xizmat qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlar to‘plamini tayyorlashi lozim:
Tanlov talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlar ro‘yxati.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va ishtirokchi anketasi.
Tanlov taklifi.
Belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar.
Kafolat (avans) to‘lovi amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjat.
Bankrotlik, tugatish yoki qayta tashkil etish jarayonlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki kafolat xati.
Soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Barcha hujjatlar bir nusxada, muhrlangan konvertda taqdim etilishi kerak. Konvertda ishtirokchining nomi, loyiha nomi, aloqa ma’lumotlari hamda «Investorlarni tanlab olish tanlovi uchun» degan yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Tanlov takliflari 2026-yil 26-noyabrgacha ish kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.
Hujjatlarni topshirish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
Aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +998 71 209-11-99 (ichki raqam: 1046)
Elektron pochta: info@it-park.uz
IT Park direksiyasi takliflarni baholash natijalari bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish, ishtirokchilardan qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tanlov yakunlari bo‘yicha qaror Ma’muriy kengash tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur tanlov IT Park Uzbekistan majmuasini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lib, biznes, texnologiyalar va innovatsiyalar uchun zamonaviy infratuzilmani yaratishga xususiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.
2026-11-10