IT Park Uzbekistan ekotizim faoliyatining shaffofligini ta’minlash, yagona qoidalarga rioya qilinishi hamda dasturda ishtirok etish shartlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlash maqsadida rezident kompaniyalar faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
Rezident maqomi kompaniyalarga soliq imtiyozlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini beradi. O‘z navbatida, ular belgilangan hisobotlarni o‘z vaqtida topshirishi, qonunchilik talablariga rioya etishi hamda o‘zi e’lon qilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritishi shart.
2026-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan tekshiruv natijasida majburiy hisobotlarni taqdim etish talabini bajarmagan 70 ta kompaniyaning rezidentlik maqomi bekor qilindi.
Talablarga rioya etilishi ustidan nazorat iyul oyida ham davom ettirildi. 2026-yil iyul oyi monitoringi natijalariga ko‘ra, belgilangan majburiyatlarga, jumladan, hisobot taqdim etish muddatlarini buzganligi sababli yana 152 ta kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti maqomidan mahrum qilindi.
Mazkur ishlar shaffof va samarali ekotizimni qo‘llab-quvvatlash, barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratish hamda taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanayotgan kompaniyalarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalarga quyidagilarni eslatib o‘tadi:
Belgilangan talablarga rioya qilish — rezident maqomini saqlab qolishning asosiy shartlaridan biridir. IT Park Uzbekistan kompaniyalar faoliyatini monitoring qilish va ular tomonidan nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
2026-08-05