IT Park Uzbekistan sport dasturlash bo‘yicha tayyorlov yig‘inlariga ro‘yxatdan o‘tishni boshladi

IT Park Uzbekistan talabalarni xalqaro ICPC (International Collegiate Programming Contest) olimpiadasiga tayyorlashga qaratilgan sport dasturlash bo‘yicha tayyorlov yig‘inlarida (Preparation Camp) ishtirok etishga taklif qiladi.

Agar siz algoritmik masalalarni yechish ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni, dasturlash musobaqalarida qatnashish tajribasini orttirishni va xalqaro darajadagi olimpiadaga tayyorlanishni istasangiz, IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan tayyorgarlik dasturiga qo‘shiling.

Ishtirokchilarni ICPC standartlari asosida tuzilgan amaliy kontestlar hamda xalqaro trener rahbarligida masalalarning batafsil tahlili kutmoqda.

Dastur davomida siz algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari bo‘yicha bilimlaringizni chuqurlashtirasiz, olimpiada masalalarining tipik yechimlarini mashq qilasiz hamda sport dasturlash musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashish uchun zarur bo‘lgan jamoaviy ishlash tajribasini qo‘lga kiritasiz.

Yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar xalqaro o‘quv-trening yig‘inlari va musobaqalarda, jumladan, OCPC, Petrozavodskdagi yig‘inlar hamda Qozog‘istondagi xalqaro yig‘inlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday dasturlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Bundan tashqari, dastur doirasida ICPC formatidagi jamoaviy olimpiadalar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, eng yaxshi jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tayyorlov yig‘inlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfplQQaAqNuJLiadJSCtjedOGxklbIR6Rp6sNWsZ1RKr8036g/viewform?usp=dialog

2026-06-12