IT Park Uzbekistan tomonidan rezident kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va eksport salohiyatini kengaytirishga ko‘maklashish doirasida EAST GAMES kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda IT Park Uzbekistan Bosh direktori Azamat Karamatov va EAST GAMES rahbarlari kompaniyaning keyingi rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonda GameDev industriyasi va mahalliy kompaniyalarni rivojlantirish, studiyalarning eksport salohiyatini oshirish hamda ularning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
GameDev bugungi kunda kreativ industriya bilan bir qatorda, raqamli mahsulotlar eksportini kengaytirish va yangi xalqaro bozorlarga chiqish imkonini beruvchi istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanmoqda.
Uchrashuv davomida EAST GAMES kompaniyasining keyingi rivojlanishi, yangi loyihalarni amalga oshirishi hamda xalqaro bozorlarga chiqishini IT Park Uzbekistan tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari muhokama qilindi.
GameDev loyihalarini inkubatsiya va akseleratsiya bosqichidan boshlab, ularni nashriyotchilar va investorlar bilan ishlashga tayyorlashgacha bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, boshlang‘ich bosqichdagi studiyalarga o‘z mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish, ularning bozor salohiyatini baholash va keyingi bosqichda kengaytirishga tayyorlash imkonini beruvchi qo‘shimcha mexanizmlarni yaratish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Muzokaralarda mahalliy GameDev kompaniyalarining eksport salohiyatini oshirish va yangi xorijiy bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning xalqaro ko‘rgazmalar, konferensiyalar va biznes missiyalarida ishtirokini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda IT Park Uzbekistan tomonidan EAST GAMES’ning xalqaro platformalardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bunday xalqaro platformalarda ishtirok etish mahalliy studiyalarga xorijiy hamkorlar, nashriyotchilar va investorlar bilan aloqalarni kengaytirish, o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorlarda taqdim etish va yangi biznes imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin.
Uchrashuvda hududlarda faoliyat yuritayotgan istiqbolli GameDev jamoalarini aniqlash va ularni IT Park Uzbekistan’ning qo‘llab-quvvatlash dasturlariga jalb etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida IT Park Uzbekistan va EAST GAMES GameDev ekotizimini rivojlantirish, mahalliy kompaniyalarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda studiyalarni xalqaro bozorlarga chiqishga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi. Shu bilan birga, EAST GAMES’ning rivojlanishi va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik EAST GAMES’ning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish, O‘zbekistonda yaratilayotgan GameDev mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi va mahalliy studiyalarning global industriya bilan integratsiyasini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
2026-09-18