ITPU yangi universitet konsepsiyasini taqdim etdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT Park University ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir abituriyentlar, ularning ota-onalari va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim hamda professional rivojlanishga qiziqqanlar e’tiborini tortdi.

100 dan ortiq mehmonlar universitetning ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot olish, o‘qishga kirish, o‘qish jarayoni va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar yuzasidan savollar berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular talabalar va IT kompaniyalar vakillari bilan bevosita suhbatlashdi hamda bakalavriat va magistratura dasturlarining taqdimotida ishtirok etdilar.

A group of people clapping in a auditoriumAI-generated content may be incorrect.

IT Park University — O‘zbekistondagi birinchi IT yo‘nalishida amaliy ta’limga ixtisoslashgan universitet. Universitet xalqaro IT kompaniyasi EPAM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT Park hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirni IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchqarov va IT Park University direktori Boxodir Ayupov ochib berdi.

“Bizning maqsadimiz — nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorda ham talab yuqori bo‘lgan iqtidorli yoshlardan iborat kuchli zaxirani shakllantirishdir. Umid qilamizki, IT Park University yaqin yillarda global IT loyihalarda ishlay oladigan, raqobatbardosh yechimlar yaratishga qodir yangi avlod mutaxassislarini yetishtiradi,” — dedi Abdulahad Kuchqarov.

A person on a stage with a large screen behind himAI-generated content may be incorrect.

O‘z navbatida, Boxodir Ayupov universitetning Markaziy Osiyo bozoridagi yangicha konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, ITPUda darslar bevosita EPAM’ning global mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Bu esa talabalarni ilk kurslardan boshlab real sanoat muammolari ustida ishlashga tayyorlaydi. Universitetda amaliy o‘quv, startap ekotizimini rivojlantirish va talabalarni loyihaviy faoliyatga jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi. ITPU talabalarining aksariyati ikkinchi kursdayoq o‘z startaplarini ishga tushiradi va respublika miqyosidagi tanlov hamda grantlarda faol ishtirok etmoqda. Universitet faxri — bu amaliy yondashuv samaradorligini isbotlagan, President Tech Award tanlovining finaliga chiqqan talabalar va bitiruvchilardir.

A person speaking into a microphoneAI-generated content may be incorrect.

Bugungi kunda ITPUda 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, ulardan 80 nafari — universitetning ilk bitiruvchilari. Bitiruvchilarning 80 foizi allaqachon ish bilan ta’minlangan — IT Park, TBC Bank x Payme, Alif, Beeline kabi yirik kompaniyalar va, albatta, xalqaro EPAMda faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, ikki nafar talaba Apple kompaniyasida amaliyot o‘tamoqda — bu esa ITPU ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik darajasining yuqoriligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tadbirda ishtirok etgan hamkor tashkilotlar — IT Park, IT Bilim, TBC Uzbekistan (TBC Bank x Payme) va IT Community of Uzbekistan vakillari IT sanoatidagi tendensiyalar, amaliy ta’lim ahamiyati, talab qilinayotgan ko‘nikmalar va yosh mutaxassislar uchun ochiq imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Kun yakunidagi yorqin lahzalardan biri bu Exam Challenge tanlovi natijalarining e’lon qilinishi bo‘ldi. 159 nafar ishtirokchi qatnashgan tanlovda eng yuqori ball to‘plagan Ilyos Avazboyev g‘olib deb topilib, MacBook bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Behruz NodirovSony WH-1000XM5 quloqchinlarini, uchinchi o‘rin sohibi Abdulloh Sodiqov esa Sony WH-CH720N quloqchinlarini qo‘lga kiritdi.

A group of people standing on a stageAI-generated content may be incorrect.

Tadbir so‘nggida soha vakillari, o‘qituvchilar va abituriyentlar ishtirokida erkin muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu esa qatnashchilarga IT ta’limidagi yangi trendlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutaxassislardan so‘rab bilish, maslahat olish va professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.

Tadbir davomida istalgan mehmon o‘zini qiziqtirgan savollar — qabul jarayoni, o‘qish sharoitlari va kelajakdagi ish imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot oldi. Universitet vakillari qabul muddatlari, abituriyentlar uchun talablar va dasturlar imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berishdi. Ushbu ochiq formatdagi muloqot ko‘plab yoshlarning yo‘nalish tanlashda aniqroq qaror qilishiga va imtihonlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishiga yordam berdi.

Bakalavriat dasturlariga hujjatlar 2025-yil 20-sentabrgacha qabul qilinadi. Qabul qilish uchun abituriyentlar onlayn tarzda matematika va ingliz tili fanlaridan test topshirishlari lozim. Imtihonlarning demo-versiyasi bilan oldindan tanishish mumkin. Talab etiladigan minimal ingliz tili darajasi — B1. ITPU quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi: “Dasturiy injiniring” va “Kiberxavfsizlik”. Ta’lim muddati — 4 yil.

Magistratura uchun arizalar 2025-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi. Talabgorlar ingliz tilida onlayn suhbat va ingliz tili bilim darajasini aniqlovchi testdan o‘tishlari lozim. Minimal daraja — B2. ITPU magistratura dasturlari quyidagi yo‘nalishlarda mavjud: “Dasturiy injiniring”, “Axborot xavfsizligi”, “IT-loyihalarni boshqarish va sun’iy intellekt”. Ta’lim muddati — 1,5 yil.

ITPUda o‘qishni istagan abituriyentlar ushbu havola orqali imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

IT Park University o‘z talabalari salohiyatini ochib beradigan, g‘oyalarni real loyihalarga aylantiradigan va mamlakatda rivojlanib borayotgan IT hamjamiyatining faol a’zosi bo‘lish imkonini beradigan muhit yaratishda davom etmoqda. 

2025-07-08