Londonda ötkazilgan Uzbekistan Outsourcing Conference doirasida IT Park Uzbekistan rahbariyati EMOTIV, Quantanite, Penta Consulting va BBC vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Muzokaralarda IT-eksportni rivojlantiriş, malakali mutaxassislarni tayyorlaş va jalb qiliş, xalqaro kompaniyalarning mintaqaviy iştirokini kengaytiriş, şuningdek, sun'iy intellekt va media sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
EMOTIV bilan uçraşuvda IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalarining 2027-yil uçun kadrlarga bölgan ehtiyojini aniqlaş va uşbu ma'lumotlarni ta'lim muassasalari hamda öquv markazlariga, jumladan, Jizzax viloyatidagi taşkilotlarga yetkaziş taşabbusi ilgari surildi. Şuningdek, kompaniya mutaxassislarni Toşkentdan jalb qilişi, ayni paytda Jizzaxdagi mavjud ofis faoliyatini saqlab qolişi mumkin bölgan gibrid bandlik modeli muhokama qilindi.
EMOTIV Özbekistonda uzoq muddatli faoliyat yuritişga qiziqişini tasdiqlab, dekabr oyi boşida mamlakatga taşrif buyuriş rejasini bildirdi. Taşrif davomida kadrlar bilan ta'minlaş va operatsion faoliyat masalalarini muhokama qiliş uçun IT Park Uzbekistan'ning markaziy hamda hududiy jamoalari bilan uçraşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Quantanite bilan muzokaralarda sun'iy intellekt va AI Governance yönalişlaridagi hamkorlik, şuningdek, Buyuk Britaniyaning davlat institutlari bilan aloqalarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Kompaniya vakillari parlament va Lordlar palatasi bilan hamkorlik tajribasi bilan örtoqlaşdi. Bundan taşqari, Özbekistonda köp tilli xizmat körsatiş jamoalarini rivojlantiriş uçun şved, norveg, daniya, koreys va xitoy tillarini biladigan mutaxassislarga ehtiyoj borligi qayd etildi.
Penta Consulting bilan kompaniyaning Markaziy Osiyoda IT-xab oçiş rejalari va bu borada Özbekistonning imkoniyatlari muhokama qilindi. Kompaniya mamlakat bozorida avval ham faoliyat yuritgan: 2009-yilda Özbekistonda iş tajribasiga ega bölgan.
BBC vakillari bilan xalqaro media hamkorlik va Özbekistonning texnologik salohiyatini global auditoriyaga tanitiş imkoniyatlariga e'tibor qaratildi. Xususan, BBC Studios doirasida BBC Davos Diary va BBC Tech Now loyihalarida homiy sifatida iştirok etiş, şuningdek, BBC TechXplore dasturining bir qismini Özbekistonda suratga oliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlik, mintaqaviy IT-xablarni rivojlantiriş, kadrlar salohiyatini oşiriş, sun'iy intellekt hamda xalqaro media loyihalari böyiça hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini körib çiqdilar.
2026-11-26