AQŞning Kolumbiya universitetida «The Next AI Frontier: Central Asia and the Caucasus in the Global Technology Shift» mavzusida munozara bölib ötdi. Tadbirda MIT Kuo Sharper Center tomonidan tayyorlangan shu nomdagi tadqiqot natijalari taqdim etildi.
MIT Kuo Sharper Center tadqiqotlar direktori Şamil Ibragimov tadqiqot natijalari yuzasidan ma’ruza qildi. Tadqiqot Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarbayjonni qamrab olib, mintaqaning sun’iy intellektga tayyorgarlik darajasini yagona metodologiya asosida baholagan ilk kompleks tadqiqot böldi. Tadqiqot işlari 2026-yil aprel oyida boşlangan, dastlabki natijalar esa 22-sentabr kuni Toşkentda ötkazilgan ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida taqdim etilgan edi.
Sönggi uç yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari sun’iy intellektni rivojlantirişda sezilarli yutuqlarga erişdi. Biroq mintaqaning bu boradagi maqsadlari mavjud infratuzilma imkoniyatlaridan ilgarilab ketmoqda. Hisoblaş quvvatlari va barqaror elektr ta’minoti asosiy çeklovçi omillar sifatida qayd etildi.
Davlat siyosati. Beşala mamlakatda sun’iy intellektni tartibga soluvchi huquqiy normalar qabul qilingan, soha esa kamida vazirlik darajasida muvofiqlaştiriladi. Ma’ruzaçining baholaşiça, bu hukumatlarning texnologik rivojlanişga yuqori darajada e’tibor qaratayotganini körsatadi. Özbekistonda SIga oid normalar amaldagi qonunçilikka integratsiya qilingan.
Infratuzilma. Mintaqa hozirça Frankfurt, Dehli va Dubaydagi ma’lumotlarni qayta işlaş markazlariga ega xorijiy bulutli platformalarga tayanmoqda. Uç yil avval mintaqada grafik protsessorlarga asoslangan hisoblaş quvvatlari mavjud bölmagan bölsa, bugungi kunda jahonning TOP500 reytingiga kirgan uçta superkompyuter faoliyat yuritmoqda. Ma’ruzaçining sözlariga köra, yaqin bir-ikki yil ichida ilgor çiplar va energiya resurslariga erişiş böyiça qabul qilinadigan qarorlar mintaqaning keyingi ön yillikdagi rivojlanişini belgilaydi.
Kadrlar va ilm-fan. 2021–2025-yillarda mintaqa mamlakatlarida sun’iy intellekt böyiça 4 278 ta ilmiy maqola çop etilgan, yillik naşrlar soni esa beş barobardan köproqqa ösgan. Ilmiy işlar sifati ham yaxşilanmoqda: maqolalarning 42 foizi birinçi kvartilga kiruvchi jurnallarda çop etilgan, mintaqaning vaznlangan iqtiboslanish indeksi esa jahon böyiça örtacha 1,0 körsatkiçga nisbatan 1,5 ni taşkil etmoqda. Mintaqada ommaviy ta’lim asosan qisqa muddatli masofaviy kurslar orqali olib borilmoqda. Keyingi bosqiçda nafaqat sun’iy intellektdan foydalanişni, balki yangi modellarni yaratişni ham örgatuvçi çuqurlaştirilgan ta’limni rivojlantiriş zarur.
Xususiy sektor. Tadqiqot doirasida 650 ta startap va 100 nafardan ortiq xodimga ega 103 ta kompaniya örganildi.
Şamil Ibragimov startaplar salohiyati va yirik kompaniyalar talabi örtasidagi tafovutni mintaqa uçun asosiy rivojlaniş imkoniyatlaridan biri sifatida baholadi. U mintaqaviy integratsiya muhimligini ham ta’kidladi: beş mamlakat bozorining har biri alohida nisbatan kiçik bölsa-da, yagona mintaqaviy bozor ança köproq investitsiya jalb qilişi mumkin. Qayta tiklanuvçi energiya salohiyati, Yevrosiyoning markazida joylaşganlik va nisbiy barqarorlik mintaqaning ustunliklari sifatida qayd etildi.
Ma’ruzaçi IT Park Uzbekistan’ni Astana Hub va Qirğiziston Yuqori texnologiyalar parki bilan bir qatorda mintaqaga texnologik kompaniyalarni jalb qilişning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida qayd etdi. Bunday texnoparklarning rezidentlari sezilarli soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Özbekiston esa IT Park negizida investorlar va texnologik kompaniyalar uçun Enterprise Uzbekistan maxsus huquqiy zonasini rivojlantirmoqda.
Tadqiqot xulosalari Özbekiston raqamli iqtisodiyotining ösiş sur’atlarini ham aks ettiradi. 2026-yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra:
Tadqiqotning Nyu-Yorkda taqdim etilişi IT Park Uzbekistan tomonidan Özbekistonning texnologik salohiyatini amerikalik investorlar va hamkorlar orasida targib qiliş böyiça olib borilayotgan işlarning davomidir.
MIT Kuo Sharper Center for Prosperity and Entrepreneurship — Massachusets texnologiya instituti huzuridagi markaz bölib, 2007-yildan buyon rivojlanayotgan bozorlarning farovonligini oşiriş vositasi sifatida innovatsion tadbirkorlikni qöllab-quvvatlab kelmoqda. Şu vaqtga qadar markaz 600 nafardan ortiq innovatorni, jumladan, 67 mamlakatdan 400 nafardan ziyod stipendiatni qöllab-quvvatlagan. Markaz stipendiatlari asos solgan kompaniyalar 17 milliondan ortiq mijozga xizmat körsatmoqda.
IT Park Uzbekistan — Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi texnologik park bölib, texnologik kompaniyalar, startaplar hamda raqamli xizmatlar va mahsulotlar eksportini rivojlantirişning asosiy platformasi hisoblanadi.
2026-11-03