Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda O‘zbekistonga ko‘chib kelgan xorijiy IT-kompaniyalar va mutaxassislarning tajribasini o‘rganishga qaratilgan keng qamrovli tadqiqot o‘tkazdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatdagi biznes muhiti tobora qulaylashib bormoqda, O‘zbekiston esa relokatsiya uchun eng ommabop yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.
O‘zbekistondagi relokantlar kim?
O‘zbekistonga ko‘chib kelgan o‘rtacha xorijlik — bu tajribali, o‘rtacha 38 yoshdagi, aksariyat hollarda (so‘rov ishtirokchilarining 66 foizi shunday javob bergan) oilali va 40 foizi 16 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bilan kelgan mutaxassis.
Eng muhimi — kompaniyalarning 96 foizi va mutaxassislarning 82 foizi mamlakatda o‘z faoliyatini davom ettirish niyatida. Bundan tashqari, kompaniyalarning 93 foizi va mutaxassislarning 81 foizi O‘zbekistonni boshqalarga ko‘chib kelish va IT sohasida ishlash uchun ajoyib joy sifatida tavsiya etishga tayyor.
Qancha kompaniya faoliyat yuritmoqda va qayerga eksport qilmoqda?
2020-yildan buyon IT Park tarkibidagi xorijiy kompaniyalar soni 54 barobarga oshib, 752 taga yetdi. Umumiy rezidentlar soni 411 tadan 2846 taga ko‘paygan. Xizmatlarini eksport qilayotgan kompaniyalar soni esa 62 tadan 750 taga yetgan.
2020-yilda O‘zbekiston IT-kompaniyalari 26 ta davlatga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 90 ta davlatga yetgan — 3,5 barobar o‘sish. Asosiy bozorlarga quyidagilar kiradi:
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xorijiy IT-kompaniyalar va mutaxassislar uchun xaritada e’tiborga molik nuqtaga aylandi. 2022-yildan buyon IT Park xorijiy rezidentlari soni 77 foizga o‘sgan. Mamlakatga mutaxassislarning o‘zlari ham faol kelib joylashmoqda: ularning oqimi 87 foizga oshgan. Bu shuni anglatadiki, O‘zbekistonga vaqtinchalik emas, balki jiddiy va uzoq muddatli istiqbol bilan kelinmoqda.
IT-kompaniyalar va mutaxassislar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston IT-biznes uchun misli ko‘rilmagan sharoitlarni taklif qilmoqda:
Ushbu imtiyozlar vaqtinchalik emas — ular 2040-yilgacha kafolatlangan, bu esa kompaniyalarga uzoq muddatli rejalashtirish va o‘sish uchun barqarorlik yaratadi.
91% xorijiy kompaniya ushbu sharoitlarni yuqori baholagan — ular uchun soliq yuklamasi to‘siqlarni keltirib chiqarmaydi.
Xorijiy mutaxassislar uchun “IT Visa” va “IT Card” joriy etilgan bo‘lib, ularning egalari 3 yilgacha mamlakatga ko‘p marta kirish huquqiga ega bo‘ladi va bu muddat O‘zbekistondan chiqmasdan uzaytiriladi. Mazkur maqomlar yiliga kamida $30 000 daromadga ega bo‘lganlarga taqdim etiladi.
. Ular quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
Nimalarni yaxshilash lozim?
Tadqiqot ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirish zarurligini bildirishdi:
Bu nimani anglatadi?
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonga nafaqat IT-mutaxassislar va kompaniyalar kelmoqda — ular bu yerda qolmoqda. Rezidentlar soni ortib bormoqda, xizmatlar eksporti kengaymoqda, biznes muhiti esa barqaror va jozibador deb baholanmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda va Yevroosiyo IT-markazlaridan biriga aylanishi mumkin.
2025-07-03