2026-yil 2–6-noyabr kunlari IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Gonkongda bölib, Cyberport tomonidan taşkil etilgan Global Landing Program 2026 akseleratsiya dasturi doirasida Hong Kong FinTech Week hamda Cyberport Venture Capital Forum 2026 xalqaro tadbirlarida iştirok etdi.
Mazkur taşrif Cyberport vakillarining ICT Week Uzbekistan doirasidagi taşrifiga javob taşrifi sifatida amalga oşirildi.
Taşrif doirasida xalqaro investorlar, vençur fondlar va texnologik taşkilotlar bilan uçraşuvlar ötkazilib, Özbekiston startaplarining xorijiy bozorlarga çiqişi va investitsiyalar jalb qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Delegatsiya tarkibidan Özbekistondan 5 ta startap — Tass Vision, OX System, Unitlab AI, Aziza AI va Qwatt örin oldi.
2–3-noyabr kunlari Hong Kong FinTech Week doirasida Özbekiston startaplari Cyberport, InvestHK va boşqa xalqaro hamkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Şuningdek, yetakçi texnologik kompaniyalar va investorlar bilan tanişib, investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik istiqbollarini örgandi.
4–5-noyabr kunlari ötkazilgan CVCF 2026 forumida vençur moliyalaştiriş, texnologik kompaniyalarning xalqaro bozorlarga çiqişi, DeepTech loyihalarini rivojlantiriş va startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi.
Forumning Global Track Pitching sessiyasida OX System va Tass Vision startaplari öz innovatsion yeçimlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etdi. Bu ularga potensial investorlar va hamkorlar bilan bevosita muloqot qiliş imkonini berdi.
Şuningdek, IT Park Uzbekistan vakili “Accelerating Early Growth: Funding Pathways, ASEAN & Central Asia Expansion & Early Venture Support” mavzusidagi panel muhokamasida iştirok etib, startaplarni dastlabki bosqiçda moliyalaştiriş, Markaziy Osiyo va ASEAN bozorlaridagi imkoniyatlar hamda vençur ekotizimini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Forum davomida delegatsiya Cyberport inkubatsiya dasturlari, xalqaro investorlar tarmoği, AWS texnologik yeçimlari va Gonkongda xorijiy kompaniyalarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari bilan ham tanişdi.
Xizmat safari doirasida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Cyberport, Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP), Hong Kong Trade Development Council (HKTDC), InvestHK, FinTech HK va Hang Seng Bank vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralarda Özbekiston startaplarining Gonkong bozoriga çiqişi, xalqaro inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnaşişi, investitsiya jalb qilişi hamda xorijiy texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, VOTEE AI va FCC Analytics bilan sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va texnologik yeçimlar sohasidagi hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.
Delegatsiya Singapur, Malayziya, Tayvan va boşqa bozorlardan kelgan startaplar bilan ham aloqalar örnatib, texnologik mahsulotlarni xalqaro miqyosda rivojlantiriş böyiça tajriba almaşdi.
Mazkur iştirok Özbekiston startaplarining Xitoy va Gongkong bozoriga çiqişi va öz bizneslarini kengaytirişi uçun muhim rol öynaydi.
2026-11-10