Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Kanadaning Özbekistondagi elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşdi. Muzokaralarda IT Park Uzbekistan eksportni rivojlantiriş böyiça direktori Jahongir Kagirov ham iştirok etdi. Tomonlar IT-xizmatlar eksporti, sun’iy intellekt, startaplar ekotizimi va texnologik investitsiyalar yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uçraşuv davomida Özbekistonda IT-kompaniyalar uçun yaratilgan qulay biznes muhiti, soliq imtiyozlari va IT Park Uzbekistan rezidentlariga taqdim etilayotgan qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda Kanadaning 11 ta kompaniyasi IT Park Uzbekistan rezidenti sifatida röyxatdan ötgan. Muzokaralarda Kanada kompaniyalarining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytiriş, yangi investitsiyalarni jalb qiliş hamda mintaqaviy ofislar va xizmat körsatiş markazlarini taşkil etiş istiqbollari körib çiqildi.
Şuningdek, Özbekistonning yoş va malakali kadrlari, raqobatbardoş biznes şaroitlari hamda xalqaro bozorlarga IT-xizmatlar eksportini oşiriş salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarning muhim yönalişlaridan biri sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik böldi. Özbekistonda 5 million aholining sun’iy intellekt böyiça bilim va könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan taşabbus, Coursera bilan hamkorlik hamda ta’lim, soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligida AI yeçimlarini joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdim etildi.
Tomonlar sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş, mehnat unumdorligini oşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş va oçiq kodli yeçimlarni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdi. Şuningdek, xalqaro ekspertlar iştirokida qöşma muhokamalar ötkaziş va ilgor tajribalarni örganış imkoniyatlari körib çiqildi.
Uçraşuvda Kanada akseleratorlari, vençur fondlari va texnologik kompaniyalarini Özbekiston startap ekotizimiga jalb etiş masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, ikki mamlakat ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, mutaxassislar tayyorlaş, davlat xizmatçilari malakasini oşiriş va akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
2026-11-18