Bugungi kunda hamma qayerda yashashidan, jismoniy cheklanganligidan, oliy ma’lumoti bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, dasturchi va umuman yaxshi IT mutaxassis bo‘lish imkoniyatiga ega.
Mamlakatning har bir hududida tashkil etilgan IT Park’ning IT markazlari har bir kishiga IT mutaxassisliklar bo‘yicha kurslarni o‘tash va boshlang‘ich IT mutaxassisga o‘z karyerasida yordam bo‘ladigan bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, imkoniyati cheklanganlar, shuningdek, temir, ayollar va yoshlar daftariga kiritilganlar Respublikadagi 153 IT markazlarning istalgan birida bepul o‘qishlari mumkin.
IT Markazlar qanday kurslarni taklif etadi?
- kompyuter savodxonligi;
- MS Office bilan chuqur ishlash;
- veb dasturlash tillari;
- grafika va dizayn asoslari;
- mobil ilovalarni yaratish;
- Python dasturlash tili;
- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;
- shuningdek, kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 153 ta IT Markazlar ochilgan bo‘lib, ularda 44 650 dan ortiq talabalar o‘qishni tamomladilar.
Barcha IT Markazlarning manzillari va kontaktlariga havola: https://telegra.ph/IT-Markazlar-manzil-va-telefon-raqamlari-09-09
2021-09-28