Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida IT Park Uzbekistan’ning hududiy filiali uçun ajratilgan binoni közdan keçirdi. Bu yerda AT kompaniyalari faoliyatini yölga qöyişi, yoşlar soha böyiça bilim va könikmalarini oşirişi hamda viloyatda yangi texnologik loyihalarni amalga oşiriş uçun qanday şaroitlar yaratiş mumkinligi muhokama qilindi.

Taşrifning keyingi qismida vazirlik tizimidagi taşkilotlar vakillari viloyatda 2026-yil davomida bajarilgan işlar natijalarini taqdim etdi. Ular telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş, mobil aloqa va internet qamrovini kengaytiriş böyiça olib borilgan işlar haqida maʼlumot berdi. Taqdimotlarda raqamli taʼlim va AT xizmatlari eksportini oşirişga qaratilgan çoralar ham yoritildi.

Uçraşuv iştirokçilari mavjud muammolarni, ularni hal etiş yollarini hamda viloyatda amalga oşiriş rejalaştirilayotgan loyihalarni körib çiqdi. Aholi va tadbirkorlarning zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda yangi AT loyihalarini yölga qöyiş hudud uçun ustuvor vazifalar qatorida qayd etildi.

Muhokama yakunida vazir masʼul taşkilotlar rahbarlariga raqamli infratuzilmani rivojlantiriş böyiça işlar samaradorligini oşiriş, aniqlangan muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan topşiriqlar berdi.
2026-11-23