Sietlda Özbekiston va AQŞning sun’iy intellekt sohasidagi hamkorligiga bağişlangan forum bölib ötdi

30-oktabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt (SI) sohasidagi hamkorlikka bağişlangan xalqaro forum bölib ötdi. Tadbir Seattle AI Week doirasida Özbekiston Respublikasining Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasi, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi, IT Park Uzbekistan hamda Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) hamkorligida taşkil etildi.

Forumda Microsoft va Meta kompaniyalari, Garvard universiteti, Vaşington universiteti, Northeastern universiteti, Sietl şahri ma’muriyati, investitsiya taşkilotlari hamda texnologik biznes vakillaridan iborat qariyb 60 nafar iştirokçi qatnaşdi.

Forum doirasida sun’iy intellekt sohasi uçun mutaxassislar tayyorlaş, startaplarni rivojlantiriş, investitsiyalar jalb qiliş va texnologik yeçimlarni amaliyotga joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Nozima Davletova, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi va Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi Kotibiyati rahbari, mamlakatning raqamli rivojlaniş sohasidagi asosiy ustuvor yönalişlarini taqdim etdi. Şuningdek, u Kengaşning Özbekiston va AQŞ örtasidagi işbilarmonlik va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlaş, qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşdagi örniga töxtaldi.

Ahror Burxonov, Özbekistonning Vaşington ştatidagi Boş konsuli, AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasidagi texnologik kompaniyalar, universitetlar va biznes vakillari bilan aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlari haqida söz yuritdi.

IT Park Uzbekistan’ning Şimoliy Amerika böyiça rivojlaniş direktori (Chief Growth Officer of North America) Russ Yapparov mamlakat IT ekotizimining rivojlanişi, texnologik kompaniyalar uçun yaratilgan şaroitlar va xalqaro hamkorlikning asosiy yönalişlari haqida ma’lumot berdi. Taqdimotda yetakçi SI kompaniyalari bilan hamkorlikda yoşlarni öqitiş, hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş hamda özbek startaplarining xalqaro bozorlarga çiqişini qöllab-quvvatlaş taşabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Yale Li, WDTA ijroiya raisi, Özbekiston, Markaziy Osiyo va AQŞ innovatsion ekotizimlari örtasidagi hamkorlik salohiyatini ta’kidladi. Şuningdek, bilim va tajriba almaşiş, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş hamda ma’lumotlarni himoya qiliş muhimligini qayd etdi.

Julia Lawson, Permira kompaniyasining katta maslahatchisi va Microsoft kompaniyasining dasturçilar bilan işlaş bölinmasining sobiq korporativ vitse-prezidenti, sun’iy intellekt vositalaridan foydalaniş, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qiliş va texnologik işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça öz fikrlarini bildirdi.

Shannon Smith, Sietl şahrining texnologiyalar böyiça direktori (Chief Technology Officer), sun’iy intellektdan munitsipal xizmatlarni takomillaştiriş, quriliş sohasidagi tartib-taomillarni soddalaştiriş va yöl harakati xavfsizligini oşirişda foydalaniş tajribasini taqdim etdi. Şuningdek, Sietl va Toşkent örtasida raqamli şahar boşqaruvi sohasida tajriba almaşiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Panel sessiyalarida universitetlar qoşidagi inkubatorlarni rivojlantiriş, startaplar uçun mentorlik dasturlarini yölga qöyiş va biznes ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalari körib çiqildi. Agrotexnologiyalar, suv tejovçi texnologiyalar, til xizmatlari hamda nogironligi bölgan şaxslarning raqamli xizmatlardan foydalanişini osonlaştiruvçi yeçimlar istiqbolli hamkorlik yönalişlari sifatida qayd etildi.

Forum yakunida Özbekiston Respublikasining Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasi va WDTA örtasida texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohasida hamkorlik töğrisida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Hujjat universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari örtasida bilim va tajriba almaşiş, ta’lim taşabbuslarini amalga oşiriş hamda sinov loyihalarini işlab çiqişni nazarda tutadi. Şuningdek, unda sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

 

2026-11-02