TATU Urganch filiali qoshidagi inkubatsiya markazidagi birinchi dars

Toshkent axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari universiteti Urganch filiali qoshidagi IT Park inkubatsiya markazida innovatsion loyihalar inkubatsiya dasturining birinchi tsikli ishtirokchilari uchun birinchi tanishuv darsi bo‘lib o‘tdi.

Inkubatsiya markazi koordinatori Oybek Rustamov va Xorazm viloyati IT Markazining startap loyihalari bo‘yicha menejeri Sevara Palvonova ishtirokchilarni inkubatsiya dasturi bilan tanishtirib, bo‘lajak tadbirlar haqida gapirdi.

Tanishtiruv darsi doirasida IT kompaniyalar va istiqbolli startaplar bo‘yicha seminar boʻlib oʻtdi va tadbir spikeri Hakimboy Yo‘ldoshev boʻldi.  Taqdimot davomida tomoshabinlar innovatsion loyihani qanday qilib investitsiyalarni jalb qilish va monetizatsiya qilish mumkinligi haqida bilib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, oliy o‘quv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlarining asosiy maqsadi yoshlarning o‘z startap-loyihalarini ishlab chiqishga qiziqishini oshirish, so‘ngra O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish uchun yetakchi IT-mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Inkubatsiya markazlari innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish uchun muntazam ravishda xakatonlar, ideatonlar va boshqa startap tanlovlarini pul mukofotlari bilan o‘tkazib turadi.  Ishtirokchilar maslahat olishadi, potensial investorlarga o‘z g‘oyasini to‘g‘ri taqdim etishni o‘rganadi, tajriba orttiradi hamda o‘z mahsulotini ishlab chiqadi.

2021-11-15