2026-yil 19–20-may kunlari Toshkentda davlat xizmatlari, moliya sektori va fintex-ekotizimning raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbirlardan biri — oltinchi Xalqaro PLUS-Forum Digital Uzbekistan bo‘lib o‘tadi.
Forum davlat tuzilmalari, banklar, fintex-kompaniyalar, IT-biznes, investorlar, shuningdek, e-commerce va retail bozori vakillarini birlashtiradi. Asosiy maqsad — “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi doirasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va davlat hamda biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.
Tadbir Azimut Grand Hotel maydonida O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Xedlaynerlar orasida investor Viktor Orlovskiy, ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, Afg‘oniston to‘lov tizimi bosh direktori Saed Abas Rafik va futurolog Tariq Qureyshi bor.
Forumda 2 600 dan ortiq delegat, jumladan, 500 dan ziyod top-menejerlar, 150 dan ortiq spikerlar hamda 100 ta kompaniya-ekspozitorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum dasturi sohaning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi: davlat xizmatlarini raqamlashtirish, milliy to‘lov tizimini rivojlantirish, sun’iy intellektni biznes va moliyaga joriy etish, kiberxavfsizlik, kriptobozorni tartibga solish va bank sektorining transformatsiyasi.
Qo‘shimcha ravishda forum doirasida Start-up Elevator’s Pitch maxsus formati ham bo‘lib o‘tadi. Unda uchta startap o‘z loyihalarini ekspertlar hamjamiyati va potensial investorlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Forum konferensiya va ko‘rgazma formatida xalqaro ekspertlar hamda texnologik kompaniyalar ishtirokida o‘tkaziladi.
Forum dasturi haqida batafsil ma’lumot — havola orqali.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://uz.plus-forum.com/#tariffs
2026-05-14