UOC 2026 Belgrade: Özbekistonning IT-autsorsing imkoniyatlari Serbiya kompaniyalariga taqdim etildi

25-noyabr kuni Serbiyaning Belgrad şahridagi Metropol Palace mehmonxonasida IT Park Uzbekistan taşabbusi bilan Uzbekistan Outsourcing Conference (UOC) 2026 konferensiyasi bölib ötdi. Tadbirdan közlangan maqsad Özbekistonni IT-autsorsing, BPO, dasturiy ta’minot ishlab çiqariş va global biznes xizmatlari uçun istiqbolli yöşalish sifatida tanitiriş, şuningdek, Serbiya va G‘arbiy Bolqon davlatlari kompaniyalari bilan aloqalarni kengaytirişdan iborat böldi.

Konferensiyada Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, Özbekistonning Serbiyadagi elçixonasi hamda Belgrad ilmiy-texnologik parki (Science Technology Park Belgrade, STP Belgrade) vakillari iştirok etdi. Tadbirda Özbekistonning Vengriya, Xorvatiya, Sloveniya, Chernogoriya va Serbiyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Oybek Shahavdinov ham qatnaşdi.

IT Park Uzbekistan delegatsiyasiga rezidentlar bilan işlaş yöşalishi direktori Lazizbek Xudayev başçilik qildi. U Your Next Outsourcing Location taqdimoti orqali taşkilot faoliyati va Özbekistonning xalqaro IT-kompaniyalar uçun yaratgan imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Konferensiya davomida iştirokçilar Özbekistonning IT-autsorsing sohasidagi raqobatbardosh ustunliklari, mamlakat IT-sohasining salohiyati hamda Özbekiston va G‘arbiy Bolqon davlatlari örtasida biznes va texnologik hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Özbekiston va Serbiya texnologik ekotizimlari örtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini STP Belgrade vakili Maria Milich taqdim etdi. Qualcore vakili Anatoliy Demenev va Wersirius vakili Miloş Milivoevich esa mintaqaviy bozorlardagi faoliyat tajribasi, muvaffaqiyatli biznes loyihalari va xalqaro hamkorlikning istiqbolli yöşalishlari bilan örtoqlashdi.

Konferensiyaning yakuniy qismida B2B matchmaking va netvorking sessiyalari bölib ötdi. Ular doirasida iştirokçilar hamkorlikning mumkin böşgan yöşalishlarini muhokama qilish, yangi biznes aloqalarini örnatish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash imkoniyatiga ega böldi. 

2026-11-27