Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azm-u shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar Prezident Farmoniga mufoviq mukofotlandi.
Ular orasida quyidagi IT sohasining iqtidorli va faol vakillari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi:
Ushbu e’tirof – nafaqat bugungi kunda yurtimiz yoshlari erishayotgan yutuqlarning e’tirofi, balki ularning ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ishonch bildirish va kelajakdagi faoliyatlariga ruhiy kuch bag‘ishlashdir.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan har bir yosh fidoyi — minglab tengdoshlariga ilhom manbai bo‘lib, ularni yangi marralar sari yetaklashi shubhasiz. Yurtimiz ravnaqi, raqamli taraqqiyot va zamonaviy texnologiyalar sohasida ulkan yutuqlarga erishishda yosh avlodning tutgan o‘rni bundan buyon ham muhim bo‘lib qoladi.
2025-06-29