IT Park “Startapni qanday to‘g‘ri boshqarish kerak” mavzusida tadbir tashkil qiladi 

30-sentabr kuni soat 18:00da IT Park Toshkent filialida “Startapni qanday ishga tushirish va uni qanday qilib to‘g‘ri boshqarish kerak” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri Dilshod Bobomuradov boʻladi — quyidagi loyihalarning asoschisi: BDM (elektron hujjat aylanishi), YOOU Share (Power Bank ijarasi) va Monetary (korporativ g‘aznachilik).

Sessiya davomida Dilshod quyidagilarni aytib beradi: 

  • startapni loyihalashtirishni nimadan boshlash kerak;
  • monetizatsiya gʻoyasini qanday tekshirish kerak;
  • boshlash uchun qanday resurslar kerak;
  • loyihani qanday boshqarish kerak va u bilan ishlash jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerak.

Uchrashuv rus va o‘zbek tillarida boʻlib oʻtadi, ishtirok etish bepul.

Tadbirga 29-sentabr soat 12:00 gacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSekatggyOFjLmNiJ-UATeIDFVUiBPXjr3uN9ozBNR07-THVBw/viewform

Shoshiling, joylar soni cheklangan.

 

2022-09-21