IT Park Uzbekistan Belarus IT-kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Minskda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi doirasida IT Park Uzbekistan vakillari IT Park rezidentlari bo‘lgan kompaniyalar asoschilari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralarning asosiy mavzulari mavjud rezidentlar faoliyatini kengaytirish, shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘ldi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda IT Park rezidenti sifatida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning yanada o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida IT Park rezident kompaniyalari, jumladan DAVOMTECH, LEVERX INTERNATIONAL CAU, ITRANSITION va boshqalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

IT Park rezidenti "DAVOMTECH"ning ta’sischisi "Oxagile" kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, jumladan, mahalliy jamoa sonini ko‘paytirish va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniyaga "Zero Risk" dasturi imkoniyatlari taqdim etildi.

LEVERX INTERNATIONAL CAU vakillari O‘zbekistondagi faoliyatini yanada rivojlantirish, xodimlar sonini ko‘paytirish va mamlakat hududi orqali eksport faoliyatini kengaytirish rejalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekistonni xalqaro bozorlarda, jumladan, Yaqin Sharq mamlakatlarida texnologik xizmatlar ko‘rsatish platformasi sifatida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ITRANSITION kompaniyasi bilan uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasini kengaytirish, mutaxassislar sonini ko‘paytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi. Korporativ IT-yechimlarni rivojlantirish istiqbollari, kadrlar tayyorlash va kompaniyaning mahalliy biznes tashabbuslaridagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida xalqaro texnologiya kompaniyalari uchun alohida qiziqish uyg‘otadigan amaliy masalalar, jumladan, iste’dodlarni jalb qilish, biznesni kengaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va eksportga yo‘naltirilgan IT-xizmatlarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

2026-07-15