IT Park Uzbekistan mahsulot va texnologiya yo‘nalishidagi kompaniyalar — IT Park rezidentlari ishtirokida Schwarz Digits hamda STACKIT vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etdi. Uchrashuv IT Park Uzbekistan’ning O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnologik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyatining bir qismi bo‘lib, o‘zbek IT-kompaniyalarining Yevropa korporativ bozoriga chiqish imkoniyatlariga bag‘ishlandi.

Schwarz Group — Lidl va Kaufland kompaniyalarining bosh tashkiloti, dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi va 500 mingdan ziyod xodimni birlashtiradi. U Yevropaning eng yirik korporativ guruhlaridan biri hisoblanadi. Schwarz Digits va STACKIT orqali guruh Yevropadagi yetakchi suveren raqamli infratuzilma ekotizimlaridan birini rivojlantirmoqda hamda O‘zbekistonni strategik texnologik hamkor sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Muloqot davomida ishtirokchilar Yevropa bozoriga kirishning muhim jihatlarini muhokama qildi. Jumladan, ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish talablari, Yevropa xavfsizlik va tartibga solish standartlariga muvofiqlik, yirik korporativ mijozlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Yevropa ichidagi ishonchli infratuzilma va hamkorlik ekotizimining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Alohida e’tibor Schwarz Digits’ning suveren bulutli platformasi — STACKIT’ga va uning tartibga solinadigan Yevropa bozorlarida tutgan o‘rniga qaratildi.
STACKIT vakillari Yevropadagi korporativ mijozlarning ma’lumotlarni saqlash, infratuzilma va texnologik yetkazib beruvchilarga bo‘lgan ishonch masalalariga yondashuvi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, suveren infratuzilma korporativ segment bilan ishlashda eng muhim omillardan biriga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Muhokamaning asosiy mavzulari qatoridan Yevropa bozoriga chiqish va unda faoliyatni kengaytirish bo‘yicha amaliy strategiyani shakllantirish, o‘zbek IT-kompaniyalarining Yevropa korporativ segmenti bilan ishlashga tayyorligi, ma’lumotlarni himoya qilish va normativ talablar bo‘yicha muvofiqlik, shuningdek, korporativ mijozlarning xavfsizlik, infratuzilma va bulutli yechimlarning ishonchliligiga bo‘lgan kutishlari o‘rin oldi.

O‘zbekiston kompaniyalari uchun ushbu uchrashuv Schwarz Digits va STACKIT bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, shuningdek, Schwarz Group’ning hamkorlik va infratuzilma ekotizimi orqali Yevropa bozoriga chiqishning potensial imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.
IT Park Uzbekistan uchun bunday tashabbuslar O‘zbekiston texnologik kompaniyalari va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan tizimli strategiyaning bir qismi
2026-06-01