Tanlov “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. Unda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, huquqiy tahlil olib borish hamda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etishga taklif etiladi.
Maslahatchi solishtirma-huquqiy tahlil va xalqaro standartlar asosida Xalqaro moliya markazini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishi lozim.
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 20-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 18:00.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzillar orqali olish mumkin:
Elektron pochta: udip@it-park.uz
Telefon: +998 71 209 11 99 (ichki raqam 1037)
2026-02-09