“Open Data Challenge” xakatoni doirasida vebinarlar boʻlib oʻtadi

27–29-yanvar kunlari poytaxtda IT Park tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi va Akfa University ko‘magida tashkil etilgan “Open Data Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda dastlabki 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

  • davlat sektori;
  • ijtimoiy sektor;
  • biznes sektori;
  • korrupsiyaga qarshi kurash.

Xackathon ishtirokchilari uchun ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida maxsus vebinarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilarni yoʻnalishlar boʻyicha 4 ta vebinar va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha 1 ta workshop kutmoqda. Webinarlar jadvali:

1.  17-yanvar soat 17:00 da – davlat sektori

Spiker: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov.

Vebinar mavzusi: Davlat organlari bilan ishlash orqali ochiq maʼlumotlarni shakllantirish. Davlat sektoridagi muammolarni hal qilishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish.

2.  18-yanvar soat 17:00 da – ijtimoiy sektor

Spiker: O‘zbekiston Internet-Tadbirkorlari va Elektron Tijorat Uyushmasi boshqaruvi raisi, unions.uz raqamli platformasi asoschisi, boshlangʻich treker, Pro bono volontyori Sabina Akbarxojayeva.

Vebinar mavzusi: Sektordagi mavjud muammolar, mavjud ijtimoiy loyihalar, loyihalarni ishlab chiqishda qayerda va qanday ochiq ma’lumotlardan foydalanish mumkin.

3.  19-yanvar soat 17:00 da – biznes sektori

Spiker: Anvar Narzullayev – CEO Mohirdev.uz

Vebinar mavzusi: SI sohasida startap yaratishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish.

4.  20-yanvar soat 17:00 da — korrupsiyaga qarshi kurash

Spiker: Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash boʻlimi bosh inspektori Kahramon Niyazxadjayev.

Vebinar mavzusi: Korruptsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida qanday muammolar mavjud va ochiq maʼlumotlar yordamida qanday yechimlar topildi?

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:

https://forms.gle/sknCz1KMYpagUghEA

Eslatib oʻtamiz, “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

 

2023-01-13