Startaplar uchun investitsiyalarni jalb qilish kursi

6-iyun kuni IT Park ko‘magida Denis Kalishkindan startaperlar uchun 3 haftalik bepul kurs boshlanadi.

Kursning maqsadi – investitsiyalarni jalb qilish uchun startap loyihalarni tayyorlashdan iborat. Kurs natijalariga ko‘ra bitiruvchilar 10 nafar xorijiy venchur investorlarga startaplar taqdimotini oʻtkazishlari mumkin bo‘ladi.

Dastur doirasida kurs ishtirokchilari quyidagilarni o‘rganadilar:

  • kelishuvning asosiy shartlari, kapitalizatsiya jadvali;
  • investor startaplarni qanday tahlil qiladi va investitsiya toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi;
  • investitsiyalarni jalb qilish uchun hujjatlar toʻplamini qanday tayyorlash kerak (data room);
  • investor uchun taqdimotni qanday tayyorlash va loyihangizni investorlarga qanday taqdim etish.

Dastur rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 5-iyungacha qabul qilinadi.

Kurs tashkilotchisi haqida:

Denis Kalyshkin – I2BF Global Venturesʼning investitsion direktori, AQSh va MDHda 9+ yillik investitsiya tajribasiga ega, u eski va zerikarli tarmoqlarni (ishlab chiqarish, qurilish, logistika va boshqalar) zamonaviy texnologiyalar (SI, narsalar interneti, RPA, robotlar va avtomatlashtirish vositalari, SaaS, AR/VR) yordamida oʻzgartirayotgan startaplarga eʼtibor qaratadi.

Kursda qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScwLP883zGudWzSN_lRaVGutCMz8qAl37dJGlx-QlsG-Gpn6A/viewfor

2023-05-29