2026-yil 13-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida SABRIYA loyihasi doirasidagi ilk vorkshop bo‘lib o‘tdi. Tadbir IT Park Uzbekistan va TATU ko‘magida Inklyuziv loyihalar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etildi.

Tadbir raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ayollar va yoshlarning IT hamda tadbirkorlik sohasiga jalb etilishini oshirishga qaratildi.

Rozmetova Nasiba Bazarbayevna taklif etilgan spiker sifatida ishtirok etdi va qatnashchilar uchun faol hamda qiziqarli muhit yaratdi. Dastur doirasida raqamli fikrlashni rivojlantirish, jamoaviy hamkorlik va auditoriya faolligini oshirishga qaratilgan interaktiv faoliyatlar hamda amaliy topshiriqlar tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar IT va tadbirkorlik yo‘nalishidagi biznes g‘oyalarini taqdim etdi. Yakuniy saralash natijalariga ko‘ra, eng yaxshi 3 ta loyiha mualliflari IT Park Uzbekistan tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dastur yakunlangach, ishtirokchilar uchun yengil taomlar va ichimliklar mavjud furshet tashkil etildi. Mehmonlar ushbu jarayonda taassurotlar, g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish va muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

SABRIYA loyihasi O‘zbekistonda yoshlar va xotin-qizlarning iste’dodi, raqamli kompetensiyalari hamda tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.
2026-05-19