2021-yilning 27-28-sentyabr kunlari Markaziy Osiyo umumjahon rivojlanish mintaqasi mamlakatlarida Internetni rivojlantirish masalalarini ochiq turda har tomonlama muhokama qilishni kuchaytirish, COVID-19 pandemiyasi davrida xavfsizlik va taraqqiyot bilan raqamli rivojlanishni ham olib yurish oʻrtasida muvozanatni birgalikda izlashga bag‘ishlangan beshinchi Markaziy Osiyo Internet boshqaruvi forumi boʻlib oʻtdi. Forumda pandemiya davrida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan mintaqa davlatlarini raqamli huquq va imkoniyatlarni koʻpaytirish orqali raqamli muhitga kiritish haqida ham aytib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, IT Park ushbu forumning hamkori boʻlib, u Markaziy Osiyo “Privacy Awards 2021” marosimiga Oʻzbekistondan quyidagi nomzodlarni taqdim etdi: WIUT axborot xavfsizligi oʻqituvchisi Nargiza Akramova, shuningdek, “Yil oʻqituvchisi” va “Yil startapi” nominatsiyalari boʻyicha “Datagaze DLP” startapi.
Nargiza Akramova “Axborot xavfsizligi” kursini tashkil etganligi hamda uni muvaffaqiyatli olib borganligi uchun “Yil o‘qituvchisi” nominatsiyasiga munosib nomzod deb topildi.
“Yil startapi” nominatsiyasida O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida joriy etilgan korxona va tashkilotlarda maxfiy ma’lumotlarning chiqib ketishining oldini oladigan tizim yaratganligi uchun “Datagaze DLP” startapi g‘olib deb topildi.
2021-yilning 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi IT Park bosh ofisida g‘oliblarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.
Mazkur forumda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari nafaqat sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish, balki xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etish, boshqa ishtirokchilar faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatiga ega boʻlishdi.
2021-10-27