“IT-Park” majmuasining navbatdagi bosqichi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni saralash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi — “IT-Park” hududida zamonaviy, innovatsion va yuqori samarali infratuzilma obyektlarini barpo etish, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari
Tanlovda development, muhandislik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaratish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
Tanlov ishtirokchisi:
Tanlov taklifi tarkibi
Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar tanlov ishtirokchisi tomonidan Ariza tarkibida taqdim etilishi shart.
Hujjatlarni taqdim etish tartibi
Tanlov takliflari bir nusxada, muhrlangan konvertda taqdim etiladi.
Konvertda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
Tanlov hujjatlarini qabul qilish manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
Hujjatlar ish kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun
Telefon: +998 71 209 11 99 (ichki raqam: 1046)
Elektron pochta: info@it-park.uz
Muhim eslatma
“IT-Park” direksiyasi taqdim etilgan takliflarni baholash natijalariga ko‘ra qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish, ishtirokchilardan qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlar talab qilish hamda tanlov natijalari bo‘yicha Ma’muriy kengash tomonidan qaror qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2026-06-08