IT Park texnologik loyihalarni rivojlanishning barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida startaplar uchun investitsiya bitimlarini tuzish va zarur yuridik hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish maqsadida namunaviy hujjatlar to‘plami tayyorlandi va e’lon qilindi.
Mazkur hujjatlar to‘plami startaplarning investorlar va hamkorlar bilan ishlash jarayonida duch keladigan asosiy holatlarni qamrab oladi. To‘plam quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — startaplarni investorlar bilan muloqotga tayyorlashni soddalashtirish, jamoalarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda o‘z hujjatlarini ishlab chiqishdagi vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishdan iborat. Ushbu namunalardan venchur kapitalini jalb qilish, potensial investorlar bilan shartnomalar imzolash, shuningdek, ichki komplayens doirasida foydalanish mumkin.
Kelgusida ushbu hujjatlar to‘plamni ekotizim ehtiyojlari va qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiq to‘ldirib boorish rejalashtirilmoqda.
Hujjatlarni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://drive.google.com/drive/folders/1dLGQwphx5rKwgWxczdg6MZCHROiWfymV?usp=sharing
2025-04-03