4-noyabr kuni IT Park Uzbekistan AQŞ Milliy manfaatlar markazi (CFTNI) va Jons Xopkins universitetining Ilğor xalqaro tadqiqotlar maktabi (JHU SAIS) delegatsiyasini qabul qildi.
Uçraşuvda IT Park Uzbekistan strategik rivojlaniş direktori Mahliyo Muksinova hamda Amerika delegatsiyasiga boşçilik qilgan CFTNI katta eksperti, JHU SAIS professori Endryu Kaçins iştirok etdi.
IT Park Uzbekistan vakillari mamlakat texnologiya sektorining imkoniyatlari, jumladan, IT-xizmatlar eksporti, kadrlar salohiyati, soliq imtiyozlari va rezidentlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, xorijiy kompaniyalarni jalb etiş, startaplar va texnologik infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslar taqdim etildi.
Bundan taşqari, mahalliy va xalqaro kompaniyalar uçun maxsus huquqiy rejim, qulay soliq va tartibga soliş şartlarini nazarda tutuvchi Enterprise Uzbekistan loyihasi tanıştırildi.
Muhokamalar davomida amerikalik ekspertlar IT Park rezidentlarining faoliyati, mutaxassislar malakasi, eksport bozorlari va Özbekistonning xorijiy IT-kompaniyalar uçun raqobat ustunliklari yuzasidan savollar berdi.
Tomonlar AQŞdagi tahliliy markazlar va sohaga ixtisoslaşgan taşkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini, jumladan, Özbekistonning texnologik rivojlanişi haqida materiallar tayyorlaş va mamlakatning investitsiyaviy imkoniyatlari töğrisidagi ma’lumotlarni keng tarqatiş masalalarini körib çiqdi.
Delegatsiya vakillari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini AQŞ ekspertlari hamda axborot makonida keng yoritiş muhimligini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, ekspert fikrlari bilan almaşiş, Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda mamlakatning xorijiy investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlari haqida axborot almaşiş masalalarini muhokama qildi.
2026-11-05