IT Park Uzbekistan xususiy sektor pudrat tashkilotlarini Buxoroda ofis majmuasini qurish loyihasi doirasida bozor bilan erta hamkorlik bosqichida (EME) ishtirok etishga taklif qiladi.
Loyiha umumiy maydoni taxminan 10 000 kv.m bo‘lgan ikkita binodan iborat yetti qavatli majmua qurilishini nazarda tutadi.
Ish temir-beton konstruksiyalarni qurish, fasad ishlari, ichki bezatish, muhandislik tizimlari (MEP), liftlar, quyosh panellari, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Mazkur bosqichning maqsadi — bozor imkoniyatlarini baholash, narx tendensiyalari va materiallar mavjudligini o‘rganish, taklif etilayotgan xarid yondashuvi bo‘yicha fikr-mulohazalar olish, shuningdek, rasmiy raqobatli xarid jarayonini boshlashdan oldin loyihani amalga oshirishdagi asosiy xavflarni aniqlash.
Qiziqish bildirgan pudratchilarga quyidagilar taklif etiladi:
anketani yuklab olish: EME Attachment.docx
uni to‘ldirib quyidagi elektron pochta manziliga yuborish: udip@it-park.uz
Topshirish muddati: 2026-yil 10-aprel
Barcha javoblar qat’iy maxfiy tarzda ko‘rib chiqiladi.
Kontaktlar:
udip@it-park.uz
+99871 209 11 99 (1037)
+99895 165 55 95
Bu tenderda ishtirok etish yoki taklif yuborishga rasmiy taklif hisoblanmaydi. Ishtirok keyingi xarid jarayonlariga ta’sir qilmaydi.
2026-03-26