Podkastlarni yaratish uchun yangi “Hello Hosts” loyihasini ishga tushirilishi!

Joriy yilning noyabr oyida IT Park “UZCARD”, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan hamkorlikda IT va moliya sohasida o‘z podkastlarini chiqarishga qiziqqan barcha uchun “Hello Hosts” biznes inkubatorini ishga tushirdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi innovatsion texnologiyalarning afzalliklari to‘g‘risida aholining moliyaviy savodxonligi va xabardorligini oshirish, shuningdek, mamlakat hududida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ommalashtirishdan iborat.

Kim ishtirok etishi mumkin?

“Hello Hosts” biznes inkubatoriga 16 yoshga to‘lgan barcha a’zo bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, biznes inkubator tashkilotchilari tanlov asosida o‘z podkastlari bo‘yicha eng yaxshi g‘oyalar bilan ishtirok etish uchun nomzodlarni saralashadi.

Podkastlar asosan biznes, moliyaviy texnologiyalar, bank, moliyaviy savodxonlik, startuplar, investitsiyalar, dasturiy ta’minot va ta’lim haqida bo‘ladi.

Biznes inkubatorda nima bo‘ladi?

6 oy davomida ishtirokchilar professional media studiyasini montajchi va ovozli muhandis xizmatlari bilan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi, o‘z podkastlarini yaratish va podkastlarni Apple Podcast, Google Podcast, Yandex Music, YouTube va Sound cloud kabi platformalarda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maxsus treninglarga qatnashishlari mumkin bo‘ladi. 

Tayyorgarlik jarayonida yetakchi mutaxassis bo‘lgan tajribali ustozlar ishtirokchilarni kuzatib boradilar va nafaqat O‘zbekiston, balki chet eldagi tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalariga mos keladigan tematik podkast rejasini tuzishda yordam beradilar. Bundan tashqari, podcast kanallarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish ushbu loyiha tashkilotchilari tomonidan moliyalashtiriladi.

“Hello Hosts” biznes inkubatorining tashkilotchilari tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng eng yaxshi podcast kanal uchun tanlov o‘tkaziladi, uning g‘olibi podkastlarni mustaqil ravishda qayd etish va kanalni saqlash uchun zarur jihozlarni oladi.

Muhim! Ishtirok etish uchun anketani individual podcast kanal kontenti bo‘yicha o‘z g‘oyangizning batafsil tavsifi bilan quyidagi ilova orqali to‘ldirish kerak: https://forms.gle/5vasqtqB7Qw82wN98

Ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanish sanasi: 2021-yil 15-noyabr

Loyiha haqida batafsil: http://hellohosts.uzcard.uz 

2021-10-26