Central Asia–China AI & Innovation Bridge: IT Park Uzbekistan Xitoyning innovatsion ekotizimi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2026-yil 17-iyul kuni Shanxayda IT Park Uzbekistan vakillari Khan Tengri Innovation Hub, Central Asian Innovation Hubs, IT Park Uzbekistan va Astana Hub hamkorligida tashkil etilgan Central Asia–China AI & Innovation Bridge yopiq xalqaro forumida ishtirok etdilar.

Tadbirda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat organlari, shuningdek, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalari va venchur fondlari vakillari ishtirok etdi.

Central Asia–China AI & Innovation Bridge - Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida sun’iy intellekt, innovatsiyalar, startaplar va venchur investitsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro platforma. Forum qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va xalqaro texnologik hamkorlikni rivojlantirish uchun davlat institutlari, texnologik kompaniyalar, innovatsion markazlar va investitsiya fondlari vakillarini birlashtiradi.

Forumni ochar ekan, IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov, Astana Hub bosh direktori Marjan Madiyev va Khan Tengri Innovation Hub rahbari Lazzat Boranqulov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasida sun’iy intellekt, innovatsiyalar, startaplar va venchur moliyalashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida "Alibaba Cloud" kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari bulutli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar imkoniyatlarini taqdim etib, sun’iy intellekt mahsulotlarini tijoratlashtirish va ularni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, Gestala, Gobi Partners, GSR Ventures, Ravine Capital va Astana Hub Ventures vakillari startaplarni investitsiyalarni jalb qilishga tayyorlash, xalqaro investorlar bilan hamkorlik qilish va mas’uliyatli sun’iy intellekt ekotizimini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.

"Khan Tengri Innovation Hub" bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Stornlar o‘zbek startaplarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishning yangi yondashuvlarini, jumladan, Xitoyning ilg‘or texnologik yechimlari va tajribasidan foydalanish, shuningdek, ularni Xitoy innovatsion ekotizimiga integratsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, tomonlar texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma biznes missiyalari, investitsiya tadbirlari va dasturlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. O‘zbekistonni Xitoy texnologiya kompaniyalarining Markaziy Osiyo va Yevroosiyo bozorlariga chiqishi uchun strategik maydon sifatida ilgari surish imkoniyatlari alohida muhokama qilindi, bu esa ikki mamlakat startaplari, investorlari va innovatsion ekotizimning yetakchi ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi.

Forum davomida OX Group kompaniyasi qaror qabul qilishda inson nazoratini majburiy saqlab qolgan holda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni taqdim etdi. Ishtirokchilar bunday yechimlarni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘llash salohiyatini, shuningdek, ularni xalqaro bozorlarda joriy etish va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

IT Park Uzbekistan’ning forumdagi ishtiroki Xitoy innovatsion ekotizimi bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Erishilgan kelishuvlar qo‘shma loyihalarni ishga tushirish, texnologiyalar va tajriba almashish, ikki mamlakat texnologiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik tashabbuslarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonni innovatsiyalar va raqamli tadbirkorlikning mintaqaviy markazi sifatida ilgari surish uchun asos yaratadi.
 

2026-07-17