Emapta O‘zbekistonni global autsorsing operatsiyalarini rivojlantirish uchun yangi maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston o‘zining global autsorsing markazlari tarmog‘ini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalar e’tiborini jalb etishda davom etmoqda. Global Business Services Forum 2026 (GBSF 2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Emapta Global kompaniyasining Chief Performance Officer’i Roy Figeroa bilan uchrashdi.

Tomonlar Emapta Global kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini, shuningdek, autsorsing sohasida uzoq muddatli hamkorlik, Global Business Services (GBS) yo‘nalishini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini muhokama qildi.

So‘nggi yillarda Emapta o‘z faoliyati geografiyasini faol kengaytirib, Filippindan tashqariga chiqmoqda hamda Lotin Amerikasi va Yevropada yangi operatsion maydonchalarni ochmoqda. Ayni paytda kompaniya mamlakatning kadrlar salohiyatini, biznes yuritish sharoitlarining raqobatbardoshligini va xalqaro mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun jamoa shakllantirish imkoniyatlarini baholagan holda, O‘zbekistonni global servis markazlari tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun salohiyatli hudud sifatida ko‘rib chiqmoqda.

2010-yilda tashkil etilgan Emapta autsorsing, Employer of Record (EOR) va taqsimlangan jamoalarni boshqarish sohasidagi yirik xalqaro kompaniyalardan biridir. Kompaniya 30 dan ortiq mamlakatdagi 1000 dan ziyod mijozga dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, moliya, buxgalteriya, mijozlar bilan ishlash, HR, marketing, sog‘liqni saqlash va huquqiy yordam kabi sohalarda xizmat ko‘rsatadi. Bugungi kunda Emapta 10 000 dan ortiq mutaxassisni o‘zida jamlagan va xalqaro xizmat ko‘rsatish markazlari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda.

Uchrashuv davomida IT Park Uzbekistan vakillari mamlakatning autsorsing faoliyatini joylashtirish uchun mavjud imkoniyatlarini, jumladan, malakali kadrlar salohiyati, biznes yuritishning raqobatbardosh narxi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari va xalqaro kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini taqdim etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda Emapta servis markazini tashkil etish istiqbollari, loyihani sinov tariqasida ishga tushirish modellari, universitetlar bilan hamkorlik va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning “yo‘l xaritasi” ustida ishlashni davom ettirishga, jumladan, navbatdagi ishchi uchrashuvlarni tashkil etish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun salohiyatli maydonchalarni o‘rganish va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash masalasini muhokama qilishga kelishib oldi. Emapta’ning bozorga kirib kelishi O‘zbekistonning mintaqadagi global biznes xizmatlari va autsorsingning eng istiqbolli markazlarid.

2026-07-28