IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Women in Tech Uzbekistan hamjamiyati rahbariyati bilan birgalikda Women in Tech Global Summit 2026 xalqaro sammitida qatnashdi.
Women in Tech Global Summit 2026 28–30-aprel kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tdi va 60 dan ortiq mamlakatlardan 700 dan ziyod ishtirokchini jamladi. Dastur doirasida panel muhokamalari, vorkshoplar va xalqaro ekspertlar chiqishlari tashkil etildi. Asosiy e’tibor texnologiya sohasida ayollarni rivojlantirish, raqamli tenglik, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va xalqaro hamkorlik masalalariga qaratildi. Sammit, shuningdek, hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va yangi ta’lim hamda mintaqaviy tashabbuslarni boshlash uchun muhim platformaga aylandi.
Delegatsiyaning ishtiroki xalqaro aloqalarni kengaytirish va tajriba almashishga qaratildi. Sammit davomida O‘zbekistonda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi hamkorliklar, ta’lim tashabbuslari va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Keyptaunga tashrif IT Park Uzbekistan’ning rivojlanayotgan IT-hab sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi hamda texnologiya sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Bu, shuningdek, xalqaro hamkorliklar va mamlakat ichida yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish uchun asos yaratadi.
2026-05-07