Koreya Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida IT Park Uzbekistan vakillari mamlakatning texnologik kompaniyalari, kreativ industriya vakillari va ilmiy tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ishchi guruh tarkibidan IT Park Uzbekistan Hududlarni rivojlantirish bo‘limi bosh menejeri Shahnoza Burxanova hamda IT Park Uzbekistan Namangan filiali loyiha menejeri Habibilloh Erkinov o‘rin oldi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston hududlarining IT salohiyatini rivojlantirish, koreyalik kompaniyalar va mahalliy texnologik ekotizim, xususan, Namangan viloyati kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma va eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
MES, Smart Factory va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan MOORNMO kompaniyasi bilan uning O‘zbekistonda faoliyat boshlashi va IT Park rezidenti maqomini olishi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa bozorlariga chiqish uchun istiqbolli maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, MOORNMO yechimlarini mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida joriy etish hamda O‘zbekiston IT-kompaniyalari bilan hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
MOORNMO O‘zbekistonda ofis ochish va mahalliy jamoa shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
PATHFINDER Inc. rahbariyati bilan O‘zbekistonda software development va IT-autsorsing yo‘nalishida kompaniya tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.
Mahalliy jamoa koreyalik buyurtmachilar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash va boshqa IT-xizmatlarni amalga oshirishi mumkinligi ko‘rib chiqildi.
PATHFINDER, shuningdek, Koreya Respublikasidagi biznes aloqalaridan foydalangan holda salohiyatli buyurtmachilar va texnologik kompaniyalarni O‘zbekiston bilan hamkorlikka jalb etishga tayyorligini bildirdi.
ORHEUNIL ALLTA: AI va Mobility TechALLTA kompaniyasi bilan sun’iy intellekt, computer vision, Mobility Tech, robototexnika va transport infratuzilmasini avtomatlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya Smart Station, raqamli monitoring, transport vositalarini avtomatik identifikatsiya qilish va xizmatlar uchun avtomatik to‘lov yechimlarini ishlab chiqadi.
Tomonlar O‘zbekistonda pilot loyihalarni amalga oshirish, mahalliy IT va robototexnika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, ALLTA’ning O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bozoriga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
MANIAMIND bilan muzokaralar Game Development, VR/AR, 3D animatsiya, motion capture va raqamli kontent ishlab chiqarish yo‘nalishlariga qaratildi.
Kompaniya loyihalarini amalga oshirishga o‘zbekistonlik dasturchilar, 3D artistlar va animatorlarni jalb qilish, shuningdek, koreyalik buyurtmachilarning ayrim ishlarini mahalliy jamoalarga topshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘yinlar, animatsiya va virtual production sohasidagi qo‘shma loyihalar uchun O‘zbekistondagi mavjud motion capture infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Pukyong National University huzuridagi Pattern Recognition & Machine Learning Lab vakillari bilan O‘zbekiston universitetlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Istiqbolli yo‘nalishlar qatorida AI, machine learning, computer vision, industrial AI, smart healthcare va ma’lumotlar tahlili sohalaridagi qo‘shma R&D loyihalari, shuningdek, talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy loyihalarga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Alpha Genomics: AI, genomika va bioinformatika
Alpha Genomics bilan uchrashuv davomida sun’iy intellekt, genomika, bioinformatika va life sciences yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston, Koreya Respublikasi va Pokiston mutaxassislari hamda tashkilotlari ishtirokida qo‘shma tadqiqot loyihalarini shakllantirish, shuningdek, genomik, AgriTech va biologik ma’lumotlarni tahlil qilishda AI va data science texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonlik AI muhandislari, bioinformatika mutaxassislari va yosh tadqiqotchilarni xalqaro R&D loyihalariga jalb qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Generative AI, virtual reality, interactive media va raqamli san’at yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi DANJAM jamoasi bilan o‘yin va multimedia kontentini yaratish sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya yangi o‘yin loyihalari uchun personajlar va animatsiyalar yaratishda Namangandagi Nightmare Labs motion capture studiyasi imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, mahalliy 3D artistlar, animatorlar, game designer’lar va dasturchilarni qo‘shma loyihalarga jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, tomonlar qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, O‘zbekistonda ofis va kompaniyalar ochish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda koreyalik va o‘zbekistonlik kompaniyalar o‘rtasida B2B hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Hududlardagi, xususan, Namangan viloyatidagi kompaniyalar va mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, qator kompaniyalar bilan O‘zbekistonga javob tashrifini amalga oshirish va ICT Week Uzbekistan 2026’da ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida potensial hamkorlar va mahalliy texnologik ekotizim vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur xizmat safari IT Park Uzbekistan’ning hududlar texnologik salohiyatini rivojlantirish, xalqaro kompaniyalarni jalb qilish hamda mahalliy jamoalarning eksport va texnologik loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tizimltizimli faoliyatining bir qismi bo‘ldi.
2026-09-15