O‘zbekistonda ilk bor: IT-ish beruvchilar brendlarini o‘rganish

Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT Park Uzbekistan, “EKOPSI” va IT-Alyans mehnat bozorida IT-kompaniyalar brendlarini qabul etish bo‘yicha birinchi keng ko‘lamli tadqiqotni o‘tkazish uchun kuchlarini birlashtirdi.

Tashabbusning maqsadi — IT-mutaxassislar o‘z ish beruvchilari va potensial ish beruvchilarni qanday baholashining xolis va vakillik manzarasini yaratishdir. Bu ma’lumotlar kompaniyalarga eng yaxshi kadrlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun kuchli va raqobatbardosh HR brendini shakllantirishga yordam beradi.

Ishtirok etish nimani beradi?

Ishtirokchi kompaniyalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • Ularning brendi IT-mutaxassislar orasida qanchalik taniqli, jozibador va ishonchli ekanligini bilish;
  • Raqobatchilardan nimasi bilan farq qilishini va o‘sish imkoniyatlari qayerda yashiringanini tushunish;
  • Ish beruvchi brendini rivojlantirish uchun shaxsiy tavsiyalar olish;
  • O‘z brendini xodimlar va ish izlovchilar nigohida ko‘rish — kompaniya ichida va tashqarisida.

Tadqiqot 50 dan ortiq xodimga ega bo‘lgan 100 dan ziyod IT-ish beruvchilarni — nafaqat an’anaviy IT-kompaniyalar, balki yirik IT-bo‘limlariga ega bo‘lgan har qanday tashkilotni qamrab oladi. Agar sizning kompaniyangizda kuchli IT-jamoasi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa — siz bizning e’tiborimiz markazidasiz.

Faqat ishtirokchilar HR brendining taniqliligi, jozibadorligi va kuchli tomonlarini baholovchi shaxsiy tahliliy hisobotlardan imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Natijalar taqdimoti 2025-yil sentyabr oyida mamlakatning raqamli sanoatidagi asosiy tadbir — “ICT Week Uzbekistan” doirasida bo‘lib o‘tadi.

Tadqiqotda quyidagi havola orqali bepul ishtirok etishingiz mumkin: https://uz.itbrand.ecopsy.com

IT Park Uzbekistan mamlakatda shaffof va raqobatbardosh IT-mehnat bozorini rivojlantirishga yordam beradigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Loyihada ishtirok eting va har bir iste’dod o‘z orzusidagi kompaniyasini topadigan kelajakni birgalikda quraylik!

2025-07-07